25 Yanvar 2023 1116

Oʻtkirbek Haydarovni tabriklaymiz!

Bugun boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari sovrindori, jahon chempioni Oʻtkirbek Haydarov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oʻtkirbek Haydarov 1974-yil 25-yanvar kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. 1999-yili Xyuston (AQSH) mezbonlik qilgan jahon chempionatining oltin medali sohibi. 2001 (kumush) va 2003 (bronza) yillarda oʻtkazilgan jahon chempionatining sovrindori. Afina-2004 Olimpiadasi bronza medali sohibi.

Erishgan yutuqlari uchun davlatimiz tomonidan “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan mukofotlangan. Bugungi kunda murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻtkirbek Haydarovni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech