Azizjon Kamilov yilning ilk turniri oldidan dzyudochilarga omad tiladi
Ertaga tongda dzyudo boʻyicha Almada (Portugaliya) Gran-prisida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Yevropa safariga yoʻl oladi. Bugun MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoa vakillari bilan uchrashib, sportchilarning tayyorgarligini oʻrgandi.
Azizjon Kamilov Almada safariga yoʻl olayotgan dzyudochilar bilan alohida suhbatlashib, ularga boʻlajak bellashuvlarda omad tiladi. Xususan, yilning ilk musobaqasini gʻalabalar bilan boshlash terma jamoaning qolgan vakillariga ham katta kuch bagʻishlashini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Almada Gran-prisi 27-29-yanvar kunlari oʻtkazilib, unda dunyoning 80 dan ortiq mamlakati vakillari ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqaga 15 nafar sportchi bilan yoʻl oladi.