24 Yanvar 2023
1166
Тaekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Antalya (Turkiya) shahridagi yigʻini davom etmoqda
Murabbiylar yigʻining birinchi qismida jismoniy tayyorgarlikka ahamiyat qaratgan boʻlsalar, hozirda sportchilarning texnik harakatlarini kuchaytirishga eʼtibor berilyapti. Sparringlarda turli kombinatsiyalar ustida ishlanmoqda. Eslatib oʻtamiz, 31-yanvarga qadar davom etadigan ushbu yigʻinda 22 nafar sportchi qatnashmoqda.