23 Yanvar 2023 1480

Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” turniri davom etmoqda

Ertaga grossmeysterlar 9-tur doirasida bahs olib borishadi.

“Masters” guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov (2713) mazkur musobaqada quyi pog‘onalardan birini egallab turgan germaniyalik Vinsent Keymerga (2696) qarshi dona suradi. “Chellenjer” guruhida to‘rtinchi o‘rinda borayotgan Javohir Sindorov (2654) esa amerikalik Abximanyu Mishra (2559) bilan hisob-kitob qiladi.

“Masters”, 9-tur: Vinsent Keymer (oq)  – Nodirbek Abdusattorov (qora) 
“Chellenjer”, 9-tur: Javohir Sindorov (oq)  – Abximanyu Mishra (qora)

Text to speech