22 Yanvar 2023 902

“Tata Steel Chess-2023”: Abdusattorovda durang, Sindorov imkoniyatni boy berdi

Niderlandiyada o’tayotgan shaxmat bo’yicha nufuzli turnirning 8-turi yakuniga yetdi. “Masters” guruhida peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov bu gal amerikalik Levon Aronyan bilan durangga imzo chekdi. Ushbu turdan so’ng hamyurtimiz 6 ochko bilan hamon karvonboshilikni davom ettiryapti. Afsuski, “Chellenjer” tasnifida qora donalarda harakat qilgan Javohir Sindorov turkiyalik Mustafa Yilmazga imkoniyatni boy berib qo’ydi.

Text to speech