22 Yanvar 2023 1172

Abdusattorov peshqadamlikni saqlab qolish uchun kurashmoqda

“Tata Steel Chess-2023”: Hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov (2713) va Javohir Sindorov (2654) Niderlandiya o‘tayotgan nufuzli musobaqada munosib ishtirok etishmoqda. 7-turdan so‘ng Abdusattorov “Masters” guruhida 5.5 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Sindorov 5 ochko bilan “Chellenjer” tasnifida ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Bugun Nodirbek amerikalik Levon Aronyan (2735) bilan hisob-kitob qilsa, Javohir turkiyalik Mustafa Yilmazga (2609) qarshi dona suradi.

“Masters”, 8-tur: Nodirbek Abdusattorov (oq)  – Levon Aronyan (qora) 
“Chellenjer”, 8-tur: Mustafa Yilmaz (oq)  – Javohir Sindorov (qora)

Text to speech