21 Yanvar 2023
1066
Yettinchi turda shaxmatchilarimizning raqiblari kim?
Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasi davom etadi. Bugun shaxmatchilar 7-tur uchrashuvini o‘tkazishadi. “Masters” guruhida peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov (2713) hindistonlik Erigaisi Arjun, “Chellenjer” guruhida to‘rtinchi o‘rinda borayotgan Javohir Sindorov (2654) esa mezbon Elin Robersga qarshi dona suradi.
“Masters” guruhi: Erigaisi Arjun (oq) – Nodirbek Abdusattorov (qora)
“Chellenjer” guruhi: Javohir Sindorov (oq) – Elin Robers (qora)