21 Yanvar 2023 755

Abdurahmon Abdullayev BAAdagi musobaqada tajriba to’pladi

Shu kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSIO5* President of the UAE Showjumping Cup GRAND PRIX musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev yurtimiz sharafini himoya qilyapti.

Jahon elitasidagi nomdor chavandozlar bilan kechayotgan raqobatda hamyurtimiz katta tajriba toʻpladi. Abdullayev 15 mamlakatdan tashrif buyurgan 31 sportchi orasida balandligi 145 smdan iborat toʻsiqlardan sakrash dasturida toʻqqizinchi, 160 smli toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida esa sakkizinchi natijani koʻrsatdi.

Text to speech