Nokautlarga boy chorak final
Bangkok mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha U-22 Osiyo chempionatining bugungi kuni nokautlarga boy boʻldi. Jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasining besh nafar vakili muddatidan avval gʻalaba qozonib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Yana 2 nafar vakilimiz toʻliq davom etgan jangda muvaffaqiyatga erishdi. Ayniqsa, -86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullayevning qozogʻistonlik Sagindik Togambay ustidan qozongan gʻalabasi turnir bezaklaridan biriga aylandi.
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev - Janluiji Kalapupin (Indoneziya) 2-raundda nokaut
-67 kg: Bekzod Hamidov - Rattapol Kadamduan (Tailand) 5:0
-71 kg: Nurislom Ismoilov - Kimxeang Xun (Kambodja) 1-raundda nokaut
-75 kg: A’loxon Abdullayev - Abdurazag Altagafi (Saudiya Arabistoni) 1-raundda nokaut
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Sagindik Togambay (Qozog‘iston) 1-raundda nokaut
-92 kg: Nusratbek Tohirov - Rezebike Ashan (Xitoy) 3:1
+92 kg: Jahongir Zokirov - Asadbek Mannonov (Tojikiston) 2-raundda nokaut