21 Yanvar 2023 957

Bu yilgi “Katta dubulgʻa” turniri “Yunusobod sport majmuasi”da oʻtadi

Maʼlumki, joriy yilning 3-5-mart kunlari poytaxtimizda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” tasnifiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida mazkur musobaqaga tayyorgarlik boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.

Tadbirni federatsiya raisi oʻrinbosari Zafar Qahramonov olib bordi. Yigʻilish davomida boʻlajak musobaqaga “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilishi taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, poytaxtimizda oʻtadigan boʻlajak turnir oʻz vaznida gʻolib boʻlgan dzyudochilarga Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida 500, jahon reytingi uchun 1000 reyting ochkosini taqdim qiladi.

Text to speech