21 Yanvar 2023 819

Shaxmatchilarimiz durang o’ynashdi

Niderlandiyada shaxmat bo’yicha nufuzli “Tata Steel Chess-2023” musobaqasining yana bir kuni ortda qoldi. Ma’lum qilganimizdek, unda shaxmatchilarimiz 6-tur uchrashuvini o’tkazishdi.

“Masters” guruhida qatnashayotgan Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Praggnandxa bilan durangga imzo chekdi. 6 turdan so’ng 4.5 ochko jamg’argan Nodirbek guruh peshqadamligini davom ettirmoqda.

“Chellenjer” guruhida qatnashayotgan Javohir Sindorov ham bu tur braziliyalik Luis Paolo Supi bilan durang o’ynadi. Javohir 6 turdan so’ng 4 ochko bilan 4-pog’onada turibdi.

Text to speech