Sakkiz nafar bokschi qizimiz qit’a chempionligi uchun jang qiladi
Tailand poytaxti mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha U-22 Osiyo chempionatida qizlar oʻrtasidagi yarim final bellashuvlari yakunlandi. Maʼlum qilganimizdek, unda terma jamoamizning 8 nafar vakilasi final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarildi. Yakunda ulardan 6 nafari oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi.
-48 kg: Farzona Fozilova – Tipsatcha Yodvare (Tailand) 5:0
-50 kg: Sabina Boboqulova – Kei Chi (Singapur) 5:0
-52 kg: Feruza Kazakova – Ti Nguyen (Vetnam) 5:0
-54 kg: Nigina O‘ktamova – Anel Sakish (Qozog‘iston) 5:0
-57 kg: Sitora Turdibekova – Viktoriya Grefeyeva (Qozog‘iston) 4:1
-63 kg: Ziyoda Yarashova – Tananya Somnuyek (Tailand) 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova – Ankar Ichshanova (Qozog‘iston) 5:0
-81 kg: Sahobat Husanova – Pornipa Chuti (Tailand) 0:5
Ishtirokchilar nisbatan kam bo’lgani bois Aziza Zokirova (-70 kg) va Sohiba Ro‘zmetova (-75 kg) to’g’ridan to’g’ri finalda ringga ko‘tarilishadi. Shu tariqa, chempionlik kurash olib boradigan qizlarimiz jami 8 nafarni tashkil etadi. Final bellashuvlari 25-yanvar kuniga belgilangan.