20 Yanvar 2023 1183

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda navbatdagi yigʻinni boshladi

Avstriyadagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini yakunlab qaytgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda navbatdagi yigʻinni boshladi. Ilias Iliadis boshchiligidagi sportchilarning navbatdagi mashgʻuloti jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratildi. Atletlarga kerakli yuklamalar berib borilmoqda. Terma jamoa bazasida olib borilayotgan yigʻin dzyudochilarimiz uchun oldinda kutib turgan Almada (Portugaliya) Gran-prisi hamda Parij (Fransiya) “Katta dubulgʻa” musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech