20 Yanvar 2023 1040

Bugun uch nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi

Bangkok shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatining bugungi kun janglari ham ortda qoldi. Ma’lum qilganimizdek, ushbu kundan chorak final janglariga start berilib, unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili ringga ko‘tarildi. Yakunda o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazgan 3 nafar vakilimiz yarim final masalasini ijobiy hal qilishdi.

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Guanshui Gou (Xitoy)  5:0
-51 kg: Muhammadqodir Ma’mirjonov – Talxa (Pokiston)  5:0
-54 kg: Sanjarbek Vahobov – Ganbold Dorjnyambu (Mo‘g‘uliston)  1:4
-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Enxtur Tegsjargal (Mo‘g‘uliston)  5:0

Text to speech