20 Yanvar 2023 925

Trekchilarimiz uchun yilning birinchi starti boshlanmoqda

Portugaliyaning Anadiya shahrida bugun velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa start oladi. Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. 22-yanvarga qadar davom etadigan bellashuvlarda sportchilarimiz ochkolar bo‘yicha poyga, omnium, skretch, medison dasturlarida qatnashadilar. To‘liq tarkib quyidagicha:

Danil Yevdokimov
Aleksey Fomovskiy
Dmitriy Bocharov
Vladislav Troman
Edem Eminov
Margarita Misyurina
Sofiya Karimova
Nafosat Qo‘ziyeva

Text to speech