20 Yanvar 2023 1298

Abdusattorov hindistonlik raqibiga qarshi dona suradi

Bugun Niderlandiyada shaxmat boʻyicha “Tata Steel Chess-2023” turnirining oltinchi tur bellashuvlariga guvoh boʻlamiz. Kecha norvegiyalik Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratib, “Masters” guruhida peshqadamga aylangan Nodirbek Abdusattorov (2713) bu gal hindistonlik Praggnanadxa (2684) bilan bellashadi. Kecha “Chellenjer” guruhi ishtirokchilari dam olishdi. Unda 5 turdan soʻng 3.5 ochko bilan uchinchi oʻrinda borayotgan Javohir Sindorov (2654) braziliyalik Luis Paulo Supi (2608) bilan hisob-kitob qiladi.

“Masters”, 6-tur:  Nodirbek Abdusattorov (oq) – Praggnanadxa (qora) 
“Chellenjer”, 6-tur:  Luis Paulo Supi (oq) – Javohir Sindorov (qora)

Text to speech