20 Yanvar 2023
1451
“Tata Steel Chess-2023”: Nodirbek Abdusattorov yana bir bor Magnus Karlsenni mag‘lub etdi
Niderlandiyada o‘tayotgan nufuzli shaxmat musobaqasining “Masters” guruhida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov (2713) 5-turda tajribali Magnus Karlsenga (2859) qarshi bahs olib bordi.
Qora donalarda harakat qilgan Abdusattorov 6 soatdan oshiq davom etgan bahsda muvaffaqiyatga erishdi. Ahamiyatlisi, bu g’alabadan keyin 4 ochko jamg’argan yurtdoshimiz “Masters” guruhida yakka peshqadamga aylanib oldi.