19 Yanvar 2023 1276

Bugun Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

Shu kunlarda Niderlandiyada shaxmat boʻyicha “Tata Steel Chess-2023” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Ahamiyatlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Nodirbek Abdusattorov (2713) “Masters” va Javohir Sindorov (2654) “Chellenjer” guruhlarida ishtirok etishmoqda.

Bugun shaxmatchilar nufuzli turnirda navbatdagi tur bellashuvlarida dona surishadi. “Masters” guruhining 5-turida Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik taniqli grossmeyster Magnus Karlsenga (2859), “Chellenjer” guruhining 6-turida Javohir Sindorov braziliyalik Luis Paolo Supiga (2608) bahs olib boradi.

Ayni paytda Abdusattorov 4 turdan soʻng oʻz guruhida 3 ochko bilan ikkinchi, Sindorov esa 5 turdan soʻng 3.5 ochko bilan ikkinchi pogʻonada ketmoqda. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi boʻlajak bellashuvlar oldidan hamyurtlarimizga omad tilaydi.

Text to speech