18 Yanvar 2023 1306

FISU prezidenti bilan hamkorlikning yangi qirralari muhokama qilindi

Leyk-Pleysid (AQSH) shahrida XXXI Butunjahon qishki Universiada oʻyinlarida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Xalqaro universitetlar sporti federatsiyasi (FISU) prezidenti Leons Eder bilan uchrashishdi. Unda Oʻzbekiston Talabalar sporti assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, FISU aʼzosi Erkin Qodirov, Yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Mirjamol Yunusov hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nozim Atakulovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Leons Eder davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan, talabalar sportini rivojlantirishga berilayotgan eʼtibordan xabardor ekanini bildirdi. Shuningdek, mamlakatimizning FISU aʼzolari orasida alohida oʻringa ega ekani, talaba atletlarimiz muntazam ravishda xalqaro maydondagi musobaqalarda faol ishtirok etib kelishi haqida toʻxtaldi.

Samimiy ruhda oʻtgan suhbat davomida tomonlar oʻzaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro tashkilot tomonidan oʻtkaziladigan Forum va Assambleyalarni diyorimizda tashkil etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashishdi.

Text to speech