18 Yanvar 2023 1144

Yengil atletikachimiz Keniyada yigʻin boshladi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohruh Davlatov ayni paytda “Chempionlar uyi” nomi bilan mashhur boʻlgan Keniyaning Iten shahrida boʻlib turibdi. Hamyurtimiz ushbu shaharda 2 oy davomida oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etadi.

Maʼlumki, keniyalik yuguruvchilar uzoq masofalarga oʻtkaziladigan poygalarda dunyodagi eng kuchlilardan sanalishadi. Bu yerdan oʻnlab jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqqan. Shahar dengiz sathidan 2350-2400 metr balandlikda joylashgan boʻlib, sportchilar uchun kerakli sharoitlar mavjud.

1500 va 3000 metr masofalarga yopiq inshootlarda yugurish boʻyicha mamlakat rekordchisi, yarim marafon yoʻnalishida Oʻzbekiston tarixidagi ikkinchi natija sohibi hisoblanmish Shohruh Davlatov Itendagi birinchi mashgʻulotini oʻtkazdi. Sportchimiz yigʻin davomida mahalliy sportchilar bilan tajriba almashib, oʻz mahoratini yanada kuchaytirishiga ishonamiz.

Text to speech