18 Yanvar 2023 835

Ilias Iliadisga ovoz bering

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan 2022-yil sarhisobi amalga oshirilmoqda. Unda Davlat Bobonov nomzodi “Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi” nominatsiyasiga daʼvogarlar qatorida eʼtirof etilgan edi. Ahamiyatlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ilias Iliadis “Yilning eng yaxshi treneri” unvoniga nomzodlar orasida koʻrsatilgan. Iliadis ushbu nomga sazovor boʻlish uchun Gruziya, Xorvatiya, Italiya va Braziliya terma jamoalarining murabbiylari bilan raqobat olib boradi. Jamoamiz vakillarini birgalikda qoʻllab quvvatlaymiz! Ovoz berish jarayoni 31-yanvarga qadar davom etadi.

Ovoz berish uchun havola: http://awards.ijf.org

Text to speech