17 Yanvar 2023 1172

Dzyudochilarimizning Portugaliyadagi Gran-prida qatnashadigan tarkibi ma’lum

27-29-yanvar kunlari Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo‘yicha yilning dastlabki yirik turniri – Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Jahonning 80 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyuradigan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada hamyurtlarimiz ham medallar qatori Olimpiada reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi. Murabbiylar shtabi mazkur turnir uchun asosan ikkinchi tarkib vakillarini tanlab oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Almada safariga quyidagi sportchilar bilan yo‘l oladi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Bobur Vajdiyev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon No‘monov
-81 kg: Muso Sobirov
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov

Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonova

Text to speech