17 Yanvar 2023 913

Og'ir atletikachilarimiz mahalliy yig'inda

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Chirchiq shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Tursunoy Jabborova kabi asosiy tarkib vakillaridan iborat 15 nafar sportchi murabbiylar Bahrom Mendiboyev hamda Joʻra Zoirov qoʻl ostida mashgʻulotlar olib borishyapti. Mazkur yigʻin 3-13-may kunlari Koreya Respublikasida oʻtadigan litsenzion Osiyo chempionatiga dastlabki tayyorgarlik bosqichi vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech