14 Yanvar 2023 983

Bayramingiz muborak bo‘lsin, mard va jasur Vatan himoyachilari!

Bugun 14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni. Jonajon O‘zbekistonimizning xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilish, tinch va xotirjam hayotimizni asrab-avaylash har bir yigit uchun yuksak shon-sharafdir.

Ona Vatanimiz nomini dunyoga tanitishda harbiy sportchilarimiz ham o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bugungi bayram bilan sharafli burchlarini ado etib kelayotgan o‘g‘lonlarimiz – Vatan himoyachilarini samimiy muborakbod etib, xizmat vazifalarini bajarishlarida ularga kuch-g‘ayrat va zafarlar tilaydi!

Text to speech