Yosh bokschilarimiz chempionlikni himoya qilish uchun qit’a birinchiligiga yo‘l olishdi
Joriy yilning 17-26-yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz tunda Tailandga jo‘nab ketdi. Murabbiylar musobaqa uchun mazkur yosh toifasidagi optimal tarkibni tanlab oldi va u quyidagicha:
Yigitlar:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Sanjar Vahobov
-57 kg: Mirzabek Mirzaxalilov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bosh murabbiy: Akmal Hasanov
Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
-81 kg: Sahobat Husanova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Hamyurtimiz Bekjon Yusupov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning dastlabkisi 2022-yil yanvar oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan va unda bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgandi.