13 Yanvar 2023
1176
Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Universiadada qatnashayotgan delegatsiyamiz bilan uchrashdi
Nyu-York shtatida joylashgan Leyk-Plesid shahrida Butunjahon qishki Universiada oʻyinlari boshlandi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimidan avval Oʻzbekistonning AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Javlon Vaxabov ushbu shaharga tashrif buyurib, delegatsiyamiz vakillari bilan koʻrishdi.
Javlon Abdujalolovich hamyurtlarimiz bilan yaqindan suhbatlashib, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, elchixona vatandoshlarimiz uchun qoʻshimcha sharoitlarni yaratishga tayyor ekanini bildirdi va boʻlajak bellashuvlarda sportchilarimizga omad tiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston delegatsiyasi mazkur musobaqada sportning 3 turida (togʻ changʻisi, snoubord, figurali uchish) 13 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.