12 Yanvar 2023 1329

Futbolchi qizlarimizning Parij-2024 yo'lidagi ilk raqiblari ma'lum

Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining ayollar futboli boʻyicha Osiyo mintaqasi 1-saralash bosqichi oʻyinlariga qurʼa tashlandi. Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi va Iordaniya, Sharqiy Timor hamda Butan jamoalariga qarshi bahs olib boradigan boʻldi.

Reglamentga koʻra, birinchi saralash bosqichi bahslari joriy yilning 3-11-aprel kunlariga belgilangan.

Text to speech