11 Yanvar 2023 1030

Yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatiga tayyorlanishmoqda

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ayni paytda federatsiya bazasida mashgʻulot oʻtkazishmoqda. Yigʻin atletlarimiz uchun yilning ilk musobaqasi, 10-12-fevral kunlari Qozogʻistonning Astana shahrida oʻtkaziladigan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mashgʻulotlarga chempionatda ishtirok etishga daʼvogar boʻlgan sportchilar jalb qilingan.

Text to speech