12 Yanvar 2023 1433

Davlat Bobonov dunyoning eng yaxshi dzyudochisi boʻlishga nomzod

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2022-yilning eng yaxshi dzyudochisi boʻlishga nomzod sportchilarni eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, unda hamyurtimiz Davlat Bobonov “Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi” nominatsiyasining nomzodlari orasida eʼtirof etilgan.

Reglamentga koʻra, ovoz berish jarayoni 12-31-yanvar kunlari awards.ijf.org platformasida boʻlib oʻtadi. Gʻolib 5-fevral kuni Parij “Katta dubulgʻa” turniri doirasida eʼlon qilinadi. Davlat Bobonovga bu borada yana 4 nafar dzyudochi raqiblik qiladi: Tato Grigalashvili (Gruziya), Endi Granda (Kuba), Sogbatar Send-Ochir (Moʻgʻuliston), Xifumi Abe (Yaponiya).

Eslatib oʻtamiz, Bobonov 2022-yil davomida Parij “Katta dubulgʻa” turniri va Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida bronza, Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” turnirida kumush va Toshkentda oʻtgan jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Text to speech