11 Yanvar 2023 1477

Nigina Abduraimova Avstraliya ochiq chempionatidagi yurishini toʻxtatdi

Hamyurtimiz saralashning ikkinchi bosqichida amerikalik Keti Volinesga imkoniyatni boy berdi.

2 soat 28 daqiqa davom etgan oʻyin taqdiri 3 setda hal boʻldi: 6:1, 4:6, 7:6 (10:4). Qayd etish joiz, Abduraimova uchinchi setda 2 bor matchbolni bartaraf etib, bahsni tay-breykkacha olib bora oldi. Biroq tennis lotereyasida omad amerikalik tennischi tomonida boʻldi.

Ushbu ishtirok orqali hamyurtimiz 8 reyting ochkosi va 25,272 AQSH dollari ishlab oldi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu