11 Yanvar 2023 976

Kunni xushxabar bilan qarshi olamiz

Stol tennischilarimiz Rozalina Xadjayeva hamda Marhabo Magdiyeva joriy yil JARda oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Hamyurtlarimiz Qatarda oʻtayotgan dunyo birinchiligiga yoʻllanma beruvchi musobaqada muhim gʻalabani qoʻlga kiritishdi. Vakillarimiz juftlik dasturida 1/16 finalda koreyalik raqibalariga imkoniyatni boy berishgan edi. Shundan soʻng JCHga yoʻllanma beruvchi qoʻshimcha 4 ta oʻrin uchun kurashda qozogʻistonlik Anastassiya Lavrova hamda Angelina Romanovskaya ustidan 4:2 hisobida gʻalabaga erishishdi.

Sportchilarimizning maʼlum qilishicha, ushbu gʻalaba ular uchun joriy yilning 20-28-may kunlari Durban shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionati eshiklarini ochdi.

Text to speech