11 Yanvar 2023 972

Oʻzbekiston delegatsiyasi Leyk-Plesid shahriga yetib bordi

12-22-yanvar kunlari AQSHning Leyk-Plesid shahrida XXXI Butunjahon qishki Universiada oʻyinlari boʻlib oʻtishi haqida maʼlum qilgan edik. Toshkent – Nyu-York reysi bilan parvoz qilgan Oʻzbekiston delegatsiyasi manzilga yetib bordi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqada delegatsiyamiz figurali uchish, togʻ changʻisi va snoubord turlarida 13 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ertaga musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Hamyurtlarimiz 13-yanvar kunidan musobaqadagi ishtiroklarini boshlashadi.

Text to speech