10 Yanvar 2023 1473

Eshkak eshuvchilarimiz xorijiy yig’inda

Ayni paytda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiyaning Belek shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Yigʻinga 16 nafar sportchi va 3 nafar murabbiy jalb qilingan.

31-yanvarga qadar davom etadigan mashgʻulotlar joriy yil terma jamoamizni kutib turgan yirik musobaqalarga tayyorgarlik yoʻlidagi muhim bosqich vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech