10 Yanvar 2023 1889

Oʻzbek boksining dargʻasi Marat Qurbonovni tabriklaymiz!

Bugun boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Marat Galiyevich Qurbonov 69 yoshni qarshi olmoqda.

Marat Qurbonov 1954-yil 10-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Bir necha yil boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini boshqardi. Oʻzbek boksining yuqori pogʻonaga chiqishida, dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biriga aylanishida Marat Galiyevichning xizmatlari beqiyos. U kishining qoʻl ostida jamoamiz Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari, 2018-yil Indoneziyada oʻtgan Osiyo oʻyinlari, 2019-yil Yekaterinburgda oʻtgan jahon chempionati va qitʼa birinchiliklarida bir necha bor umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Tajribali murabbiy Yekaterinburgdagi jahon chempionatidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Marat Qurbonovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech