9 Yanvar 2023 1108

Futbolchilarimiz birinchi uchrashuvda g'alaba qozonishdi

Timur Kapadze boshchiligidagi futbol bo’yicha O’zbekiston U23 terma jamoasining BAAga qarshi ilk o’rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Bahs hamyurtlarimizning 2:0 hisobidagi g’alabasi bilan poyoniga yetdi. Gollarga Otabek Jo’raqo’ziyev va Sarvar Sharipov mualliflik qilishdi.

BAA U23 0:2 Oʻzbekiston U23 

Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev 27', Sarvar Sharipov 90+5'.

Rejaga ko’ra jamoamiz 12-yanvar kuni mezbonlarga qarshi yana bir uchrashuv o’tkazadi.

Foto: O’FA matbuot xizmati

Text to speech