9 Yanvar 2023 584

Abduraimova saralashni g'alaba bilan boshladi

Nigina Abduraimova tennis boʻyicha Avstraliya ochiq chempionatining ilk saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Hamyurtimiz biroz avval yakuniga yetgan uchrashuvda ispaniyalik Leyre Gormazni 3 setda magʻlubiyatga uchratdi.

1 soat 52 daqiqa davom etgan bahsda yurtdoshimiz birinchi setni 2:6 hisobida boy bergan boʻlsa ham, oʻyinning qolgan qismini oʻz tashabbusi ostida oʻtkazdi va 6:3, 6:2 hisoblarida gʻalaba qozondi. Abduraimova ikkinchi bosqichni amerikalik Keti Volinesga qarshi oʻtkazadi.

Text to speech