9 Yanvar 2023 968

Shiffrindan yana bir rekord

Amerikalik togʻ changʻichi Mikaela Shiffrin Jahon kubogi bosqichlaridagi gʻalabalari sonini 82 taga yetkazib, hamyurti Lindsey Vonning rekordini takrorladi. 2 karra Olimpiada chempioni Sloveniyaning Kranska-Gora shahrida oʻtayotgan navbatdagi bosqichda gigant slalom bahsida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Shiffrinning kelgusi gʻalabasi uni mutlaq rekordchiga aylantiradi. Maʼlumot uchun, ushbu amerikalik sportchi oʻtgan yili togʻ changʻisining bir yoʻnalishida gʻalaba qozonish boʻyicha rekordni yangilagan edi.

Text to speech