8 Yanvar 2023 1435

MPL-7 turniri yangi jangchilarni kashf qildi


Poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da "Muradov Professional League 7" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Har bir musobaqadan so‘ng ko‘plab muxlislarga ega bo‘layotgan turnirning bu galgi janglari ham katta qiziqish ostida kechdi. Kechaning ochilish marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov so‘z olib, bu kabi turnirlarning ko‘plab o‘tkazilishi Prezidentimiz ilgari surayotgan yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish, yurtimizda Mahmud Murodovdek iqtidorli jangchilarni kashf qilish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shiddatli bahslarda qayd etilgan natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:

Havaskorlar o‘rtasidagi janglar:
- 57 kg vaznda: Sherzod Komiljonov (O‘zbekiston) - Begzod Abdurahimov (O‘zbekiston) - Birinchi raundda texnik nokaut bilan;

- 57 kg vaznda: Fahriddin Hasanov (O‘zbekiston) - Shahzod Nurmamatov (O‘zbekiston) - Birinchi raundda sabmishen bilan;

- 70 kg vaznda: Fozilbek Hamdamov (O‘zbekiston) - Daler Yuldashev (O‘zbekiston) - Birinchi raundda texnik nokaut bilan;

- 66 kg vaznda: Bahodir Qo‘chqorov (O‘zbekiston) - Sardor Nigmatov (O‘zbekiston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 70 kg vaznda: Azizbek Isroilov (O‘zbekiston) - Bobur O‘rinboyev (O‘zbekiston); - Uchinchi raundda gilotin usuli bilan;

Prelim kard janglari:
- 61 kg vaznda: Abduqodir Ro‘ziboyev (O‘zbekiston) - Jamoliddin Rahmonjonov (O‘zbekiston) - Ikkinchi raundda texnik nokaut bilan;

- 61kg vaznda: Javlonbek To‘xtaboyev (O‘zbekiston) - Qasimali Ulu Ruslan (Qirg‘iziston) - Ikkinchi raundda sabmishen bilan;

- 66 kg vaznda: Feruz Yaqubov (O‘zbekiston) - Ramziddin Omonov (O‘zbekiston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 71 kg vaznda: Asliddin Eshonqulov (O‘zbekiston) - Aziz Usmanov (Qirg‘iziston) - Uchinchi raundda sabmishen bilan;

Asosiy kard janglari:
- 93 kg vaznda: Obidjon Sobirov (O‘zbekiston) - Algampasha Vagapov (Qirg‘iziston) - Hakamlar qarori bilan;

- 66 kg vaznda: Sardor Xudoyberdiyev (O‘zbekiston) - Kanibek Ulu (Qirg‘iziston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 57 kg vaznda: Bahodir Bakiyev (O‘zbekiston) - Farid Alibabazade (Ozarbayjon) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 77 kg vaznda: Eldor Eronov (O‘zbekiston) - Farhodjon Mashrapov (O‘zbekiston) - Hakamlarning yakdil qarori bilan;

- 70 kg vaznda: Muhiddin Mamajonov (O‘zbekiston) - Zarur Isayev (Rossiya) - Birinchi raundda texnik nokaut bilan.

Text to speech