8 Yanvar 2023 1030

Shpagachi qizlarimiz kuchli sakkizlikda

Italiyaning Udine shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Rapira va shpaga qurollarida o‘tayotgan musobaqaning ortda qolgan kunida jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Ahamiyatlisi, shpagachi qizlarimiz musobaqada chorak finalgacha yetib borishdi va kuchli sakkizlikdan joy oldilar. Hamyurtlarimiz 1/8 finalda Avstriyani 45:39 hisobida dog‘da qoldirishdi, biroq yarim final ostonasida ispaniyalik raqibalariga 41:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Afsuski, qolgan yo‘nalishlarda jamoalarimiz 1/8 finalda mag‘lubiyatga uchrashdi.

Shpaga, yigitlar: O‘zbekiston – Fransiya 31:45
Rapira, qizlar: O‘zbekiston – Polsha 23:45
Rapira, yigitlar: O‘zbekiston – Slovakiya 31:45

Text to speech