Sobir Nazaraliev: "Sportchilarimiz yo'l qo'ygan xatolarni bartaraf etamiz»
Nihoyasiga etgan taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston chempionatida yosh sportchilar ham ishtirok etib, kattalar bilan tengma-teng bahs olib bordi. Jamoa uchun bu turnir qanday ahamiyat kasb etganini bilish uchun o'smirlar terma jamoasi murabbiyi Sobir Nazaralievni suhbatga tortdik.
— Taekvondo WT bo'yicha bunaqa keng qamrovli musobaqa birinchi marta o'tkazildi. Musobaqadan ko'zlangan maqsad yosh sportchilarimizni kuchli raqobatga tayyorlash edi. Chempionatdan oldin -58 kg, -60 kg vazn toifalarida oltin medalni qo'lga kiritishni taxmin qilgan edik. Lekin shogirdlarimiz kutganimizdek ishtirok eta olishmadi. Sportchilarimizda ko'proq taktika etishmadi, ba'zi joylarda keraksiz xatolar qilishdi. Kelgusi mashg'ulotlarda bu xatolar ustida ishlaymiz. Chempionat davomida 3 ta oltin, 8 ta kumush, 9 bronza medallari qo'lga kiritildi. Jamoamiz asosan 15-17 yoshli sportchilardan iborat. Keyingi yildan asosiy jamoaga raqobatdosh bo'ladigan yigitlar etishib chiqadi. -63 kg vaznda Bekzod Ibragimov garchi chempionlikni qo'lga kiritmagan bo'lsa-da, qo'lidan kelgan bor imkoniyatini ishga soldi va boshqa shogirdlarimizdan ajralib turdi. Menimcha, u murabbiylar shtabimiz tomonidan yo'l qo'yilgan taktik xatolar tufayli mag'lubiyatga uchradi, deb o'ylayman. Kelajakda buni bartaraf etishga harakat qilamiz.