7 Yanvar 2023 930

Devis kubogi: Oʻzbekiston va AQSh boʻlajak bahs uchun tarkiblarni maʼlum qildi

3-5-fevral kunlari tennis boʻyicha terma jamoalar oʻrtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanmish Devis kubogining jahon saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi asosiy bosqichga yoʻl olish uchun AQShga qarshi bahs olib boradi.

Terma jamoalar Olimpiya zaxiralari tennis maktabi mezbonlik qiladigan oʻyin uchun qaydnomalarni maʼlum qildi. Eʼtiborlisi, har ikki jamoa ham jangovar tarkibni tanlagan. Roʻyxatdan oʻtkazilgan tennischilar bilan tanishing:

Oʻzbekiston: Sergey Fomin (362, jahon reytingidagi oʻrni), Denis Istomin (468), Humoyun Sultonov (489), Sanjar Fayziyev (1178).

AQSh: Tommi Pol (32), Yenson Bruksbi (48), Makkenzi Makdonald (63), Rajiv Ram, Ostin Kraychek (reytingi yoʻq).

Text to speech