Dzyudochilarimiz xalqaro yig‘inga yo‘l olishdi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 8-15-yanvar kunlari Avstriyaning Mitterzill shahrida tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun Yevropa safariga jo‘nab ketdi. Mazkur yig‘inda dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyuradigan 600 nafardan ortiq sportchi jam bo‘ladi. Ilias Iliadis boshchiligidagi murabbiylar shtabi mazkur yig‘in uchun quyidagi 22 nafar sportchini jalb qildi:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov, Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Bobur Vajiyev, Sardor Nurillayev
-73 kg: Shahram Ahadov, Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev, Muso Sobirov
-90 kg: Davlat Bobonov, Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev, Otabek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Xalimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova, Nilufar Yermaganbetova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘in terma jamoamizga 27-29-yanvar kunlari Portugaliyada o‘tadigan Gran-pri musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.