6 Yanvar 2023 908

Aka-uka To‘xtayevlar jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Komiljon To‘xtayev ukasi Amal To‘xtayev bilan ayni paytda Italiyaning Dobbiako shahrida bo‘lib turishibdi. Sportchilarimiz ushbu shaharda jahon chempionatiga hozirlik ko‘rishmoqda.

Kichik To‘xtayev 17-26-yanvar kunlari Avstriyaning Sent Anton shahrida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida ishtirok etadi. Komiljon esa 6-19-fevral kunlari Fransiyaning Kurshevel va Meribel shaharlarida o‘tadigan jahon chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda.

Text to speech