5 Yanvar 2023 665

Qilichbozlarimiz uchun shiddatli mavsum boshlanmoqda

Yangi yilning ilk kunlaridan qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham mashgʻulotlarga kirishdi. 2-yanvar kunidan sablya boʻyicha erkaklar va ayollar terma jamoasi “Yangiobod” Respublika oʻquv-mashgʻulot bazasida shugʻullanmoqda. 12-yanvarga qadar davom etadigan yigʻin 13-15-yanvar kunlari Tunisda oʻtadigan Gran-pri tayyorgarligiga qaratilgan. Yigitlarimiz esa 20-22-yanvar kunlariga belgilangan Perudagi yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogiga hozirlanishmoqda.

Shuningdek, bugun rapira va shpaga boʻyicha yoshlar jamoalarimiz Yevropa safariga joʻnab ketishdi. Har ikki qurolda jang qiladigan sportchilarimiz Italiyaning Udine shahridagi Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Shundan soʻng rapirachilarimiz navbatdagi musobaqada ishtirok etish uchun boʻlajak Olimpiadaga mezbonlik qiladigan Parij shahriga yoʻl olishadi.

Text to speech