5 Yanvar 2023 1088

Dzyudochilarimiz mashgʻulotlarga qaytishdi

Bugundan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aktiv mashgʻulotlarga kirishdi. Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoa rejaga binoan, 8-15-yanvar kunlari Avstriyaning Mitterzill shahrida tashkil etiladigan xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etadi. Murabbiylar shtabi mazkur yigʻin uchun 22 nafar sportchini jalb qilgan.

Terma jamoa 16-yanvar kuni Toshkentga qaytib kelgach, Portugaliyada oʻtadigan mavsumning birinchi Gran-pri musobaqasiga tayyorgarlikni davom ettiradi. 27-29-yanvar kunlariga belgilangan musobaqada 5 qitʼaning 56 mamlakati vakillari roʻyxatdan oʻtkazilgan. Hamyurtlarimizning unda ishtirok etadigan tarkibi Avstriya yigʻini yakunida aniq boʻladi.

Text to speech