4 Yanvar 2023 882

Nurjan Tuyakbayev Jahon kubogining final bosqichiga hozirlik koʻrmoqda

2022-yil konkurchilarimiz uchun omadli va muvaffaqiyatli oʻtdi. Qoʻlga kiritilgan natijalar orasida Nurjan Tuyakbayevning Jahon kubogi final bosqichiga yoʻl olganini alohida taʼkidlash oʻrinli. Yevrosiyo mintaqasida yetakchilik qilgan chavandozimiz ayni paytda Polshada xalqaro yigʻinda ishtirok etmoqda.

Ushbu mashgʻulotlar aprel oyida AQSHda oʻtadigan final bosqichiga tayyorgarlik yoʻlidagi muhim bosqichlardan biri boʻlib xizmat qiladi. Shundan soʻng Tuyakbayev Germaniya, keyin Niderlandiyada tayyorgarlikni davom etadi. Lolalar yurtida boʻlajak musobaqaning aksariyat ishtirokchilari jam boʻlishadi va oʻz otlari bilan Amerika safariga yoʻl olishlari rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, dunyodagi eng kuchli ot sporti vakillarini oʻzida jam qiladigan Jahon kubogining finali joriy yilning 4-8-aprel kunlari AQSHning Omaxa shahrida boʻlib oʻtadi.

Text to speech