4 Yanvar 2023 993

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Ma’lum qilganimizdek, ertaga Timur Kapadze boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yilning dastlabki yig‘inida ishtirok etish uchun BAAga yo‘l oladi. Bugun yig‘inga jalb qilingan futbolchilar MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amalik markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Jamoa a’zolarining tahlillari ko‘rib chiqilgach, futbolchilar tor doiradagi shifokorlar qabulida bo‘ldilar. Shundan so‘ng ularning jismoniy holati ko‘zdan kechirildi. Shifokorlar ko‘rik davomida sportchilarning kichik shikoyatlari bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berishdi.

Fujayra yig‘iniga 25 nafar futbolchi jalb qilingan bo‘lib, ularning 18 nafari MOQ qoshida tashkil etilgan “Olimpik” klubi vakillari hisoblanishadi. Eslatib o‘tamiz, safar davomida futbolchilarimiz BAAlik tengqurlariga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishadi.

Text to speech