Oʻzbek sportining yulduzlari 2023-yil oʻz oldilariga qanday maqsad qoʻyishdi?
2023-yilda mamlakatimiz sportchilarini ulkan musobaqalar kutib turibdi. Olimpiya yilidan oldin oʻtadigan mavsumda atletlarimiz qator litsenzion musobaqalar, qitʼa va jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Biz bir qator taniqli sportchilarimizga murojaat qilib, 2023-yil oʻz oldilariga qanday maqsad qoʻyishgani, yangi yildan nimalar kutishayotgani, buni bir jumla bilan taʼriflab berishlarini soʻradik. Javoblar esa quyidagicha:
Bahodir Jalolov (boks): 2023-yil oʻz yurtimizda oʻtadigan jahon chempionati va Osiyo oʻyinlarida gʻalaba qozonish, professional boksda super ogʻir vazn toifasida TOP-10 ga kirish
Sharifa Davronova (yengil atletika): 15 metrga sakrash, Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlish
Svetlana Osipova (taekvondo): Oʻzim ishtirok etgan har bir musobaqada maksimal darajada chempionlikka erishish
Abdumalik Xalakov (boks): Jahon chempionati va Osiyo oʻyinlarida gʻalaba qozonish, Parij-2024 Olimpiadasiga litsenziya qoʻlga kiritish
Muzaffarbek Toʻraboyev (dzyudo): Chempionlikni munosib himoya qilish va Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarining oltin medallari
Niyaz Pulatov (taekvondo): Tinimsiz mehnat qilish, barcha musobaqalarda shohsupaga koʻtarilish
Xoʻsh, Siz 2023-yil uchun oʻz oldingizga qanday maqsad qoʻydingiz?