2 Yanvar 2023 1261

O‘zbek sporti faxriysi Igor Baraban 75 yoshda!

Bugun hayotining katta qismini yurtimiz sporti rivoji uchun bag‘ishlagan mutaxassis, uzoq yillar MOQning turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan Igor Baraban tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

Igor Petrovich Baraban 1948-yil 2-yanvar kuni Samarqand shahrida dunyoga kelgan. 1971-1979-yillar Samarqanddagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi, viloyat sport boshqarmasida turli lavozimlarda ishladi. 

Igor Baraban O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga asos solinishida bevosita ishtirok etgan mutaxassislardan sanaladi. 1992-yil MOQ tashkil etilgach 2005-yilgacha Qo‘mita raisining o‘rinbosari, keyinchalik Bosh kotib lavozimlarida yurtimizda Olimpizm harakatini keng targ‘ib qilish yo‘lida faoliyat olib bordi. Shundan so‘ng O‘zbekiston tennis hamda yilqichilik va ot sporti federatsiyalarida ham samarali mehnat qildi. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sport faxriylari kengashi Igor Petrovichni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech