31 Dekabr 2022 1077

Yangi yilingiz muborak boʻlsin!

Aziz yurtdoshlar,

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Sport tadbirlari va yirik xalqaro musobaqalarga boy boʻlgan 2023-yilda yangi va yorqin zafarlar hamroh bo’lsin. Zero, unda poytaxtimiz ilk bor mezbonlik qiladigan boks bo’yicha jahon chempionati, Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlari kabi muhim startlar kutmoqda. Parij-2024 Olimpiadasi oldidan terma jamoalarimizning imkoniyatlarini ko’rsatib beradigan yangi yilda atletlarimizga yangi g’alabalar tilab qolamiz. Yangi yilingiz muborak boʻlsin!

Text to speech